«Kitob – beminnat ustoz. Har daqiqa u bizni donishmandlarning bilim xazinasi bilan oshno eta oladi», deb yozadi buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy.

   Ma’lumki, aholining intellektual va ma’naviy-estetik ehtiyojini qondirish, xususan, yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar va ma’nan barkamol insonlar qilib tarbiyalashda kitobning o‘rni beqiyosdir.

   Bugungi axborot asrining ilg’or texnologiyalarisiz kunlarimizni tasavvur qilolmamasak-da, tengdoshlarimiz orasida kitobga oshno bo’lgan yoshlarning borligi quvonarli holdir. Ko’cha ko’yda, transportlarda qo’llarida kitob tutgan insonlarni ko’rib quvonamiz.Afsuski, ba’zan yoshlar orasida qimmatli vaqtini behuda ishlarga, xususan, haddan tashqari ko’p kompyuter va qo’l telefoni o’yinlarini o’ynash, mazmunsiz filmlarni ko’rishga sarflashlari to’g’ri emas. Buning o’rniga, o’qishdan tashqari o’tadigan vaqtini samarali ishlar uchun rejalashtirishi maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, kunning ma’lum qismlarini foydali kitob mutolaasi uchun ajratish muhim ahamiyatga ega. Chunki, “yoshlikda olingan ilm toshga o’yilgan naqsh” yanglig’ o’qigan kitobi yillar o’tsa-da hayotda albatta asqotadi.

   Hozirgi kunda yurtimizda kitob bilan bog’liq masalalarga ham yetarlicha e’tibor qaratilgan. Yoshlarni barkamol avlod ruhida tarbiyalash uchun kitob o’qish masalasi yoshlar orasida keng targ’ib qilinmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilning 12-yanvar kuni “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida” farmoyishi e’lon qilindi.

   Joriy yilda  O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi tashabbusi bilan «kitob o’qigan «Spark» minadi»   shiori ostida eng yaxshi kitobxonlarga  Prezident sovg’asi  «Spark» avtomashinasi taqdim etildi. Bu orqali ko’p yoshlarni kitob o’qishga qiziqishi ortdi desam mubolag’a bo’lmaydi.  Darhaqiqat, bugungi kunda yurtimizning barcha kutubxonalari kitobxonlar bilan to’lgan desam mubolag’a bo’lmaydi. Tan olaman, oldinlari men ham ba’zi yoshlar singari virtual olamda «suzganman» . Lekin xozirgi paytda menda ham kitobga bo’lgan qiziqish juda ortdi.

Yapon maktablaridan birida jahon tarixidagi eng buyuk kashfiyot nima, degan so‘rovnoma o‘tkazilgan ekan. Bu so‘rovnomada ishtirok etganlar o‘zlari mo‘jiza deb bilgan turli narsalarni tilga olishgan : olov, dvigatel , atom bombasi , elektrotexnika va boshqa bir necha narsalar . Biroq qatnashchilar ichidan 6- sinf o‘quvchisining “Eng zo‘r kashfiyot – kitob” deb bildirgan javobi hay’at a’zolariga ma’qul tushgan ekan . Nima sababdan aynan kitob, degan savoliga u “Qolganlarning fikrlari ham to‘g‘ri, lekin kitob bo‘lmasa, ularning birortasi ham ixtiro qilinmasdi-ku”, deb javob bergan.

Buni qarangki, ko‘pchilikni xayoliga ham kelmagan ushbu javob chinakam haqiqat ekanligi asta – sekin o‘z isbotini topib boryapti . Kitob haqiqatdan ham , mo‘jiza , unda keltirilib o‘tilgan jumlalar beixtiyor kitobxonga yuqish , unga ruhiy ta’sir o‘tkazish , aqliy o‘stirish kabi vazifalarni bajarishga qodir .

Kitobdan shunchaki ermak yoki bo‘lmasa zerikishda qo‘l keladigan bir vosita sifatida foydalanish xatodir. Kitob tafakkur va qalb ehtiyojini qondiruvchi omil sifatida inson ruhini tarbiyalaydi , uning shaxsi shakllanishida asosiy turtki beruvchidir . Kitob mutolaa qilish jarayonida undagi ma’lumotlarni kishi nafaqat ongi va ko’zi , shuningdek ko‘nglini ham birdek uyg‘oq holda tutishi bilan xotirasida saqlab qolishi mumkin .  Kitob o‘qishdan maqsad bu – uning mazmunini anglab yetish , unga singdirilgan ma’no-mazmunni qalban tuyish va bu orqali ma’nan ozuqaga ega bo‘lishdir . Kitob mutoalasi insonda ma’naviy bo‘shliq paydo bo‘lishiga zinhor va zinhor yo‘l qo‘ymaydi , shunday ekan kitobni mutolaa qiluvchi har qanday inson yuksak ma’naviyatli shaxs bo‘lib yetishishi mumkin .

Shunday ekan, aziz yoshlar kitob o’qing Zero, kitob insonning hayot yo‘lida yo‘ldoshi bo‘lsa, hayot so‘qmoqlaridan ravon va mamnuniyat bilan o‘tadi.

…agar Yevropa Uyg‘onish davrining natijalari sifatida adabiyot va san’at asarlari, arxitektura durdonalari, tibbiyot va insonni anglash borasida yangi kashfiyotlar yuzaga kelgan bo‘lsa, Sharq Uyg‘onish davrining o‘ziga xos xususiyati, avvalo, matematika, astronomiya, fizika, ximiya, geodeziya, farmakologiya, tibbiyot kabi aniq va tabiiy fanlarning, shuningdek, tarix, falsafa va adabiyotning rivojlanishida namoyon bo‘ldi.

Islom Karimov

Shaxrisabz

Shahrisabz — Amir Temur shahri, bu yerda hamma narsa u yoki bu tarzda uning nomi bilan bog’liq. Bu yerda uning otasi Muhammad Tarag’ay va ma’naviy ustozi Shamsiddin Kulol ko’milganlar, bu yerda uning katta o’g’illari Jahongir Mirzo va Umarshayx Mirzolar go’ri joylashgan. Ulug’ Sohibqironning o’zi ham uning joni shu yerda arshi a’loga uchib ketadi, deb o’ylagan edi. Hattoki maqbarani ham tayyorlab qo’ydi. Lekin taqdir buni boshqacha hal etdi…

Ulkan Movarounnahr davlatini yaratgan va uning cheklanmagan hukmroni – amiri bo’lgan Temur Samarqandni o’z poytaxti sifatida tanladi. Lekin o’zining tug’ilib o’sgan kichik vatanini ham hech qachon unutmay, doimo unga g’amxo’rlik qildi. Aslida Shahrisabz davlatning ikkinchi poytaxti edi. Temurning avlodi, Buyuk Mo’g’ullar sulolasining asoschisi Bobur yozishicha: «Kesh shahri Temurbekning tug’ilgan joyi bo’lgani uchun, u shaharni taxt zainia aylantirish uchun ko’p gamhurlik qilgan edi».

Amirning buyrug’i bilan bu yerga eng yaxshi me’morlar quruvchilar, me’morchilik bezaklarining ustalari yuborilgan, mahalliy ustalar bilan birgalikda ular turli mamlakatlarning tajribasi va an’analarini uyg’unlashtirib, ulug’vor binolarni barpo etganlar. Ularning ijodi bilimlar, tajriba, an’analar va yaratuvchilik urinishlarining yaxlitlashuvi tufayli ajoyib mevalar berdi, ular XIV asr oxiri – XV asr boshi O`rta Osiyo me’morchiligning xususiyatlarini belgilab bergan monumental uslubning asoslarini yaratdilar.

Oqsaroy saroyi bayramona hukumat binosi – rezidentsiyaning namunasi bo’lishi mumkin. Saroyning qurilishi 1380 yilda boshlangan, lekin 1404 yilda ham unda pardoz ishlari tugatilayotgan edi. Bu ulug’vor inshootning o’qsimon gumbazi oralig’i 22 metrdan ortiq bo’lib, temuriylar barpo etgan barcha inshootar orasida eng antiqadir.

Temur va temuriylarning davrida shahrlarning ansambllar bilan – majmuiy qurilishi keng tarqalgan. Bu Shahrisabzda ham yaqqol ko’rinadi, bu yerda Dorus-Tilovat va Dorus-Saodat ansambllari ajralib turadi.

Dorus-Tilovatni sobiq mahalliy xodagonlar maqbarasida saqlanib qolgan uchta inshoot tashkil etadi. Bu Shamsiddin Kulol va Gumbazi Seyidon maqbaralari hamda Ko’k-Gumbaz jome’ masjidi inshootlaridir. Shamsiddin Kulol maqbarasi eng birinchi qurilgan. Shayx 1370 yilda vafot etgan bo’lib, uning go’ri izzat-ehtirom qilingan edi.

Uning yonida Gumbazi Seyidon – Sayidlar gumbazi nomli Ulug’bek avlodlarining maqbarasi qurilgan. Bu kichik bino o’zining nafis mutanosibligi va chuqur o’ymakor naqshlar bilan qoplangan, ajoyib ishlangan kirish eshigi bilan insonni mahliyo qiladi. Me’morchilik ansamblini mo’g’ullargacha bo’lgan qurilish poydevorida qad ko’targan Ko’k-Gumbaz jome’ masjidi tugallaydi.

Dorus-Saodat ansambli ham uchta qismidan iborat: Jahongir mirzoning go’ri, Hazrati Imom masjidi va Temurnig maqbarasi. 1376 yilda sohibqironning sevimli o’g’li Jahongir mirzo o’lganidan keyin Amir Temur shunday qayg’uga cho’mdiki, «sohibqironning qalbi hamdardlik uchun 30 yil yopiq edi». «Adolatli shahzoda, jasur jangchi, yer yuzida atirguldek ir ko’rinib yo’qolgan» shahzodaning jasadi ajdodlariing vataniga keltirildi, bu yerda uning uchun maqbara qurildi. Keyinroq maqbara oilaviy katta maqbara ichiga kiritilgan edi. Xona ohaktosh bilan qoplangan bo’lib, arkali o’yma tokchalar bo’ylab Qur’ondan olinagn foniy dunyoning bekorligi va boqiy dunyoning g’olibligi to’g’risidagi oyatlar o’yib ishlangan. Masjid va Jahongirning maqbarasiga yaqin joyda faqat Temur uchun mo’ljallangan go’r saqlanib qolgan maqbara bo’lgan, lekin uning o’zi, ma’lumki, Samarqandda dafn etilgan.

Lekin Shahrisabz faqatgina buyuk amirning «taxt zamini» bo’lmagan. Temurning tug’ilishidan ancha ilgari u o’z tarixiga ega edi. Avvalo bu jahonnig eng qadimgi shaharlaridan biri. Olimlarning fikricha, Shahrisabz 2700 yoshda, bu esa «Boqiy shahar» Rimning yoshidir. YuNESKO qaroriga ko’ra aynan shu sana 2002 yilda butun madaniy dunyoda nishonlangan. Eramizdan avvalgi IV asrda iskandar Zulqarnayn lashkarlari dam olish uchun Kesh vohasida to’xtagan, Baqtriyaning satrapi bo’lgan Bess Doro III in o’ldirib, o’zini «osiyo podshohi» deb e’lon Kilgan, lekin uning o’zi aynan shu yerda asirga olingan. VII asrda shaharni arablar qamal qilgan, bir asr keyin esa Kesh shahri Muqanna rahbarligi ostida arablarga qarshi kuchli qo’zg’olonning markazi bo’ldi. Tinch davrda shahar hech qanday to’sqinliksiz o’sib rivojlanar edi, bunga uning gavjum Buyuk Ipak yo’lidagi nihoyatda qulay joylashuvi sabab bo’lgan.

O’rta asrlar shoiri Mahmud ibn Vali shunday yozgan: «Kesh — Movarounnahr shaharlaridan… uni jahonning eng go’zal joylaridan biri, juda yaxshi va yoqimli iqlim bo’lgan joy deb hisoblashadi. Uning dalalari va bog’-rog’lari juda jozibali va zavqli». Hurmatli muallif so’zlariga rozi bo’lmay iloji yo’q. Haqiqatan ham Shahrisabz o’zining «Yashil shahar» ismiga juda mosdir.

Mark o’rta maktabda o’qib yurgan yillari programmalashtirish ishi bilan qiziqib qoldi. U bu soxaga shunchalar berilib ketdiki, tez orada uning ota-onasi Markni “Phillips Exeter Academy” o’quv maskanida o’qita boshladilar. Mark Devid Nyumandan saboq olishga kirishdi. Nyuman ilk bor Markni daxo deya atadi. Uning shogirdi mashg’ulotlar paytida ham turli-tuman sho’xliklar qilib, kompyuterlarni programalashtirishga urinardi.

Mark taxsil yillarida turfa mukofotlar bilan taqdirlandi. Bo’lg’usi milliarder goh matematika bo’yicha katta yutuqlarga erishsa, goh astronomiya, goho esa fizika faniga doir bilimi bilan barchani hayratga solardi. Kollejga o’qishga kirayotgan paytida mahsus so’ravnomaga ingliz tili bilan bir qatorda fransuz, ivrit, lotin va qadimgi Rim tillarida bemalol muloqat qila olishi mumkinligini yozib qo’ydi. Mark nafaqat aniq fanlar, balki til o’zlashtirish borasida ham juda iqtidorli edi. 

Garvard universitetiga kirgach Markning baholari pasayib ketdi,. Bu uning aqli o’tmaslashib qolgani uchun emas, balki programmalashtirish ishi Markni butkul band qilib qo’ygani bilan bog’liq edi. Tez orada u o’z muallimlariga universitet bazasidagi talabalar nomini internetda qayd etish g’oyasini taqdim etdi. Olingan rad javobi Mark tomonidan “Facemash” saytining ochilishi va unda barchat alabalarning nomi qayd etilishiga to’sqinlik qila olmadi. U joylashtirilgan sur’atlar tagiga kimning rasmi yaxshiroq ekanligiga baho berishni taklif etdi. Yaratilgan sayt talabalar orasida ommalashib ketdi. Ammo Garvard ma’muriyati Markka saytni yopish talabini qo’yishdi. Mark saytni yopdi, lekin ko’p o’tmay talabalar istagi bilan qaytadan ochdi.

Shunday qilib 2004 yilning 4 fevral sanasida “Facebook” ijtimoiy tarmog’i paydo bo’ldi. Yangi saytda birinchilardan bo’lib ro’yxatdan o’tgan talabalar orasida Pristilla Chan ham bor edi.

Mark Tsukerberg: tarjimai holi, dastlabki qadamlari

Bo’lajak dasturchi Uayt Plains shahrida (AQSh) shifokorlar oilasida tug’ilgan. Tsukerbergning otasi stomatologiyada, onasi esa psixiatriyada. Mark Elliotning 3 ta opasi bor – katta Randi va kenja Donna va Ariel.

Markning axborot texnologiyalari bilan tanishishi juda erta, 10 yoshida bo’lgan. Yigit otasi Edvard Tsukerbergdan sovg’a oldi – bu birinchi kompyuter. Ajablanish o’g’lining kelajakdagi ta’limiga hissa qo’shdi. Kompyuterlar va raqamli rentgenografiya ishda yangi qo’llanila boshlandi va katta Tsukerberg ushbu afzallikdan faol foydalandi. Edvard Markning dasturlash tilini unga o’rgatib, birinchi ustoziga aylandi. Bolani yangi faoliyati shunchalik uzoqlashtirdiki, bir necha yil o’tgach, u otasining stomatologik klinikasini yaxshilash uchun ZuckNet dasturini yozdi. Dastur ofisda bo’lgan Edvardga oilasi va yordamchilari bilan aloqa qilishiga imkon berdi.

Bo’sh vaqtlarida iste’dodli bola kompyuter o’yinlarini yaratdi va xususiy o’qituvchidan qo’shimcha bilimlarga ega bo’ldi.

Dasturlashdagi dastlabki muvaffaqiyatlar

Ko’p sohalarda muvaffaqiyatga erishganiga qaramay, Markning qalbi va qalbi dasturga tegishli edi. Akademiyada o’qiyotganda Tsukerberg sinfdoshi Adam D’Angelo bilan birgalikda «Synapse» dasturini yozdi. Ixtiro egasining didini tahlil qila oladigan va olingan ma’lumotlarga ko’ra pleylistlarni yaratishga qodir bo’lgan musiqa pleyeri edi. Ushbu dastur shaxsiy foydalanish uchun yaratilgan, ammo yaratuvchilar uni maxsus saytda ommaga taqdim etishgan. Yaratilishni taniqli ikkita Microsoft va AOL kompaniyalari sezishdi va Tsukerberg mahsulotni sotish va keyin birgalikda ishlash taklifini oldi. Biroq, yigit o’z qarorini «ilhom sotilmaydi» degan so’zlar bilan asoslab, global IT gigantlaridan voz kechishga qaror qildi.

Dunyo etakchilari bilan shartnoma tuzish o’rniga Tsukerberg nufuzli Garvard universitetiga psixologiya mutaxassisligi bo’yicha o’qishga kirdi.

Universitetda o’qish

Garvardda Mark dasturlash ko’nikmalarini takomillashtirishni unutmasdan, psixologiyani sinchkovlik bilan o’rgangan. Tsukerberg Alfa Insilon Pee yahudiy talabalar jamiyatining a’zosi edi, puxta o’qidi va kompyuter kurslarida qatnashdi.

O’qishning ikkinchi yili ikkita kompyuter dasturi yaratilishi bilan nishonlandi. CourseMatch deb nomlangan birinchi ixtiro talabalarga boshqa talabalar tajribasi asosida mavzularni tanlashda yordam berdi. Ikkinchi ijod Facemash deb nomlandi va atigi 2 kun davom etdi. Dastur ikki talabaning eng jozibali birini tanlash edi. Shunday qilib, universitetning eng mashhur talabalari ro’yxati shakllantirildi. Ixtiroda talabalarning haqiqiy fotosuratlari bor edi, bu ko’plab shikoyatlar va loyihaning yopilishiga sabab bo’ldi. Tsukerberg Garvard ma’lumotlar bazasiga kirishni tan oldi, ammo o’z xatti-harakatlarini hazil qilishni xohlash bilan izohladi.

Ko’p o’tmay, hamma muvaffaqiyatsiz hazilni unutishdi. Biroq, ushbu hodisa uning uchta hamkasbi uchun HarvardConnection.com yangi loyihasini yaratish uchun guruh yig’ish uchun hal qiluvchi bo’ldi. Mark ijtimoiy tarmoqlarni dasturlashda muhim rol o’ynadi. Tsukerberg taklifni qabul qildi, ammo ko’p o’tmay u boshqa ijod bilan band bo’lgani uchun loyihani tark etdi.

Ramazon oyi:

Ramazon

Vikipediya, ochiq ensiklopediyaNavigatsiya qismiga oʻtishQidirish qismiga oʻtish

Ramazon — hijriy yil hisobining toʻqqizinchi oyiIslom dinida Ramazon oyida Alloh Muhammad (s.a.v.)ga Qur’onni vahiy qilgan deb talqin etiladi. Shu sababli, Ramazon muqaddas oy hisoblanadi, bu oy davomida dindorlarga ro’za tutish buyuriladi.

Ramazon — arablarda islomdan avvalgi toʻrt muqaddas oydan biri; dastlab yoz fasliga toʻgʻri kelgan. Islom dini joriy etilishi arafasida Makkada Ramazon oyida yaxshi amallar qilish (tahannus) anʼana boʻlgan. Ramazon oyining 27-kuniga oʻtar kechasi Muhammad (s.a.v)ga birinchi vahiy kelgan. Ramazonda roʻza tutish hijratdan 17-18 oy keyin, yaʼni qibla tomon oʻzgartirilgandan bir oydan soʻng joriy etilgan.

Ramazon — 1) hijriy yil hisobining 9-oyi. Islom dinida Ramazon oyida Alloh Muhammad (sav)ga Qurʼonni vahiy qila boshlagan, deb talqin etiladi. Shu sababli Ramazon muqaddas oy hisoblanadi, bu oy davomida musulmonlarga roʻza tutish buyuriladi.

Ramazon — arablarda islomdan avvalgi 4 muqaddas oydan biri; dastlab yoz fasliga toʻgʻri kelgan. Islom dini joriy etilishi arafasida Makkada Ramazon oyida yaxshi amallar qilish (tahannus) anʼana boʻlgan. Ramazon oyining 27kuniga oʻtar kechasi Muhammad (sav)ga Qurʼon nozil qilingan (qarang Laylatulkadr). Ramazon oyida roʻza tutish hijraning 2yili joriy etilgan.

Musulmon mamlakatlarida Ramazonga oid marosim va anʼanalar har bir oʻlkaning oʻziga xos urfodatlaridan kelib chiqqan holda oʻtkaziladi.

2) Ramazon munosabati bilan aytiladigan marosim qoʻshigʻi. Ramazon oyida kun botgandan soʻng bolalar koʻchamakoʻcha yurib, har bir xonadon eshigi oldida Ramazon qoʻshigʻini aytishadi. Ramazon qoʻshiklari xonadonga yaxshilik, rizq, farzand, baraka tilash, Ramazonning muqaddas oyligini madh etishdan iborat. Ramazon aytish tugagach, xonadon egalari Ramazon aytuvchilarga non, shirinlik, pul, kiyimlik va boshqa inʼomlar chiqarib berishadi.[1]

Ramazon bilan bogʻliq koʻp sanalar ichida Rasululloh Muhammad (S.A.V)ning nabiralari Husash tavallud topgan kun (6-kun), Muhammad (S.A.V)ning zavjalari Xadicha vafot etgan kun (10-kun), Badr jangi kuni (17-kuni), Muhammad (S.A.V)ning Makkaga kirib kelishlari kuni (19-kun), Ali va imom Ali ar-Rizo vafot etgan kun (21-kun), Ali tavallud topgan kun (22-kun) kabilar eʼzozlanadi. Roʻzaning tugashi iyd al-fitr bayrami bilan nishonlanadi. Turli musulmon mamlakatlarida qadimgi dinlarga oid marosim, bayramlarni Ramazon oyiga toʻgʻri kelib qolishi natijasida Ramazonga oid marosim va anʼanalar ham har bir mamlakatda oʻziga xos oʻtkaziladi.

Ramazon – ruhiy poklanish oyi

Ramazon oyi o‘lkamizga soya tashladi. Bu muborak oyni mo‘min-musulmonlar doimo o‘zgacha bir sog‘inch va xursandlik bilan kutib oladilar. Ayniqsa, saharlik va iftorlik vaqti har bir oilaga o‘ziga xos quvonch ulashadi. Alloh taolo bandalarini ushbu oyda kunduzi yeb-ichish va boshqa lazzatlardan nafsini tiyib ro‘za tutishga buyurgan. Bu oyda kishi eng muhim fazilatlardan bo‘lmish sabr qilishni o‘rganadi. Shuning uchun bu oyni sabr oyi ham deb ataydilar.

Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: “Har bir narsaning zakoti bo‘ladi, jasadning zakoti esa ro‘zadir”. Zakot poklovchi demakdir. Oziq-ovqat tanaga ozuqa bo‘lgani kabi ro‘za ham ruhga ozuqadir. Taomsiz yashab bo‘lmaganidek, ruh ham ro‘zasiz yashay olmaydi, ma’nan charchaydi.

Ro‘za nimadan iborat? Albatta, ochlikdan iborat, ochlikning esa ko‘plab jismoniy va ruhiy foydalari bor. Tibbiyot mutaxassislari o‘tkazgan tadqiqotlarning xulosalariga ko‘ra, ro‘za tutish o‘pka, skleroz, tutqanoq, saraton, qand, ekzema, allergiya, bronxial astma, bronxit, bavosil, jigar, ichak, bo‘g‘inlar shishi qaytishiga foyda berar ekan. Shuningdek, yurakning atrofini yog‘ qoplab qolishiga yo‘l qo‘ymaydi, qon bosimi ortishiga qarshilik qiladi, qon aylanishini faollashtiradi, qon tomirlari torayishining oldini oladi, shahvoniy maylni kamaytiradi, to‘qimalarda to‘planib qoladigan zaharli moddalardan tozalashga yordam beradi, buyrakda tosh paydo bo‘lishidan saqlaydi, semizlikka monelik qiladi, Immunitetni ko‘taradi.

Insonda ochlik holati qalbdagi illat va g‘uborlarni, kibr va manmanlikni ketkazadi. Yomon ishlarga moyil bo‘lishning oldini oladi, uyquni kamaytirib, bedor bo‘lishga, toat-ibodatga chorlaydi, farovonlik va to‘qlikka shukr qilishga o‘rgatadi. Ochlarning holatini his etib, ularga yordam berishga undaydi.

Ochlik holatini boshidan kechirgan odam bexosdan qiyinchilikka uchrab qolsa, sabr-toqat bilan uni oson yengadi. Doimo maishatda yurgan to‘q odam hayotda ozgina qiyinchilikka yo‘liqsa, qattiq talvasaga tushib, o‘zini yo‘qotib qo‘yadi va uni yengib o‘tishga irodasi yetmaydi.

Buyuk mashoyixlardan, tariqati naqshbandiyaning piri komillardan biri Muhammad Zohid Qutqu hazratlari shunday deydilar: “Ro‘zani faqat jasadingga tutdirma, ruhing ham ro‘zador bo‘lsin”.

Bir kuni Rasululloh (alayhis-salom) minbarga chiqayotib, bir qadam tashlab “Omiyn”, dedilar. Ikkinchi qadam tashlab yana “Omiyn”, dedilar. Uchinchi qadamni bosganlarida ham “Omiyn”, dedilar. Xutbani o‘qib minbardan tushganlarida sahobalar: “Yo Rasulolloh, xutba o‘qish uchun minbarga chiqayotib nima uchun 3 marta “Omiyn”, dedingiz?”, deb so‘rashdi. Shunda Payg‘ambarimiz (alayhis-salom) dedilar: “Men minbarga chiqayotganimda Jabroil kelib, dedilar: “Kimni oldida sizning ismingiz aytilganda sizga salavot aytmasa, Alloh taolo undan uzoqlashib, uni do‘zaxga kirgizadi “Omiyn”, deng” dedi. “Omiyn”, dedim. Yana aytdiki: “Ey Muhammad, qaysi farzand ota-onasi tirik bo‘lib yoki ikkalalaridan birlari hayot bo‘la turib, ularning rizoliklarini ololmay, o‘lib do‘zaxga kirsa, bunday imkoniyatni boy bergan farzanddan Alloh taolo undan uzoqlashadi “Omiyn”, deng” dedi. “Omiyn”, dedim”. Keyin yana dedi: “Ey Muhammad, kim Ramazon oyini o‘tkazib, keyin o‘lsa-yu gunohi kechirilmagan bo‘lsa, undan ham Alloh taolo undan uzoqlashib, uni do‘zaxga kirgizadi “Omiyn”, deng”, dedi. “Omiyn”, dedim.

Kim mana shu holatni xohlaydi? Albatta, hech kim. Xo‘sh, biz nima qilishimiz kerak? Biz nimalarga e’tibor berishimish zarur? Biz nima amal qilsak ro‘zamiz Parvardigor xohlaganidek bo‘ladi?

9 May – O`zbekistonda xotira va qadrlash kuni, xalqaro bayram.

Bu kunda minglab O`zbekiston xalqi va poytaxtimiz mehmonlari “Mungli ona” xaykali ostiga gullar qo`yadilar va bu orqali Ikkinchi Jahon urushida qurbon bo`lganlar xotirasini yoqga oladilar. Bu kunda yoshlar va yoshi ulug` kishilar, bolalar va yoki kattalar xotira maydonlarini ziyorat qilishga xarakat qiladilar. Ona xaykali yokidagi “Mangu olov” yonida zar harflar bilan “Sen har doim qalbimdasan” degan so`zlar bitilgan.

Ma`lumki, urushdan oldin yurtimizda 6,5 million aholi yashagan, ulardan 1 million 433 mingtasi ikkinchi jahon urushida qatnashgan va bu 60% mehnatga layoqatli aholini tashkil etadi. 450 mingdan ortiq o`zbek urushdan qaytib kelmagan, 130 mingdan ko`prog`i nom nishonsiz ketgan. Aholining asosiy qatlamini bolalar va qariyalardan tashkil etganini hisobga olgan holda, mehnatga layoqatli 60 foiz aholi frontga jalb etilgan, beshvqat urush hech bir oilani chetda qoldirmadi.

450 ming O`zbekiston aholisini urushda qilgan qahramonliklari 34 tomdan tashkil topgan kitobda muhlangan. Kitobning O`zbekistondagi nashri vatanga muhabbat, xalq oldidagi qarzdorlik va javobgarlikning asosiy dalili hisoblanadi.

Albatta, xalqimiz hayotida alohida o`rin tutgan bu kun, har bir qishloq va shaharda katta hurmat va ehtirom bilan nishonlanadi. O`zbekistonda har bir oila va xonadon taqdiri ushbu kun bilan bog`langan, chunki deyarli hammaning otasi, bobosi urushda qatnashgan va ikkinchi jahon urushida yaralangan yoki vafot etgan.

8 may kun Elektrmagnit moslashuv markazida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bayramona dasturxon yozildi va osh damlandi. Tashkilot xodimlari, Yurtimiz aholidi singari avlodlar baxti va kurai zaminimizda tinchlik uchun o`z jonlarini qurbon qilgan kahramonlar xotirasini yodga oldilar.

Bayramning umumiy tasviri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Navroʻz qadimiyligi, keng geografik qamrovi va uni nishonlash vaqtidagi turli davrlari sababli, nomoddiy madaniy merosning xilma-xil hususiyatlarini oʻz ichiga oladi. U „Navroʻzi Jamshid“ini anglatgan Eronning afsonaviy shohi Jamshid va shu kabi afsonalarga asoslangan koʻpgina madaniy shakl va tasvirlardan tashkil topgan.

Shunga oʻxshash afsona hind mifologiyasida ham mavjuddir, bundan tashqari „Boʻzqurt“ nomli turk afsonasida, „Amoo Novrouz“ Eron afsonasida, Afgʻoniston va Oʻrta Osiyo mamlakatlari afsonalarida Nanex Novrouz Amoo Novrouzni kutadi, lekin yangi yil kirib kelganida uxlab qoladi. Amoo Novrouz u uxlab ѐtganida kelib ketadi. Bu voqea har yili takrorlanaveradi. Bu afsonalar eskirgandek tuyulsa ham, ular bugungi kunda madaniyatimizda uchrab turadi. Ertaklar, epik sheʼrlar, „Navroʻz sheʼrlari“ deb nomlanadigan mumtoz sheʼrlar bilan birga, bugungi kunda Navroʻz marosimidan oldin va keyin kitob, jurnal, internetda chop etilgan shoirlar va radio, televidenieda yangraydigan musiqa: qadimgi va mumtoz Eron musiqasida maxsus kuylar va qoʻshiqlar mavjud boʻlib, ular „Naz-e Novrouz“, „Yaad-e Novrouz“, „Novrouz-e Xordak“, „Novrouz-e Xara“ i „Novrouz-e Saba“ deb nomlanadi. Usmonli turk imperiyasida ham shunga oʻxshash kuy va musiqalar yang- ragan. Boshqa Navroʻzlarda bu marosimga aloqador koʻpgina kuy va musiqalar mavjud. „Navroʻz“, „Muborakbod“, „Shohmoylar“, „Sumalak“, „Boychechak“, „Binafsha“ kabi fol’klor ashulalalari Oʻzbekistonda bugungi kunda ham mashhur. Hozirda mahalliy, milliy va hatto millatlararo konsertlarda kuylanadigan Navroʻz kuy va qoʻshiqlari mavjud. Bundan tashqari „Mulla Mamajon“ afgʻon qoʻshigʻi juda mashhur boʻlib, Mozori Sharifda, Eron, Tojikistonda ham quylanadi.

Barcha Navroʻzlarda mahalliy va anʼanaviy raqslar mavjud boʻlib, ular etnik guruhlar tomonidan ijro etiladi, Ozarbayjon va oʻzbek raqslari kerakli maromda ijro etiladi va madaniy hamda lingvistik koʻrinish maxsus fol’klor koʻrinishlariga uygʻunlashgan. Bular orasida „Xan Bazi“ va „Kusex Galin“ Eronda, „Kusa Kusa Xani“ Ozarbayjon va Turkiyada hamda „Bahor Xonim“, „Navroʻz bobo“, „Dehqon bobo“, „Nasriddin“ Oʻzbekistonda, „Aspak bozi“ (masxaraboz), „Laklak bozi“ Qirgʻizistonda, uloq, otchopar, koʻpkari, kurash, qoʻchqorlar, xoʻrozlar jangi va boshqalar. Tajriba, bilim va hunar, shuningdek, uy jihozlarini yangilash, bolalar uchun oʻyinchoqlar yasash, qimmatli tosh va metallardan yasalgan zargarlik buyumlari, ayniqsa yosh kelin-kuyov uchun bezak mahsulotlari bayram nishonlashning turli bosqichlarida qoʻllaniladi. Umuman olganda, bayram marosimlarida ushbu odatlar umumiy qimmatga va boy madaniy xilma- xillik koʻrinishidagi oʻziga xoslikka ega.

Sanalarni belgilash asosan qadimiy astronomik taʼlimot asosida hisoblanadi. Oʻrta asrlarda yilnoma asosan Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshgʻariy va Umar Xayyom kabi mashhur olimlar tomonidan tasdiqlangan va toʻgʻrilangan.

Har bir oila va jamiyatda nishonlanadigan koʻpgina marosim, anʼana va madaniy hodisalar mavjud. Bayramning eng muhim vazifalaridan biri bu ommaviy yigʻinlar boʻlib, u yerda madaniy almashinuv va tadbirlar marosimlarga qoʻshib oʻtkaziladi. Suv va olov bilan bogʻliq maxsus ommoviy marosimlar bunga misol boʻla oladi.

Masalan, Eronda aholi „Charshanbeh Suri“ yoki „Charshanbeh-e Otash“ deb nomlanadigan yilning soʻnggi chorshanba kuni, buloq yoki olov ustidan sakrashadi. Ozarbayjonda ketma-ket keladigan yilning soʻnggi toʻrt chorshanbasi mashhur boʻlib, ular „Charshanbeh Ob (suv)“, „Charshanbeh Bod (shamol)“, „Charshanbeh Xok (er)“ va „Charshanbeh Otash (olov)“ deb nomlanadi, bu paytda odamlar olov atrofida yurib, anʼanaviy qoʻshiqlar aytadilar va yoxud olov yoki suv atrofida raqsga tushadilar.

Kurd va zardoʻshtlar, Turkiya va Oʻrta Osiѐ mamlakatlari xalqlari orasida Navroʻz arafasida olov bilan bogʻliq marosimlar mavjud. Masalan, Qirgʻiziston Respublikasida odamlar qarzlarini toʻlaydilar, uylarini yigʻishtiradilar, qoʻshnilari bilan urishib qolgan boʻlsa yarashib, ularni kechiradilar. Toʻkin-sochinlik, hosildorlik va yomgʻir timsoli sifatida barcha idishlarni sut, qatiq, bugʻdoy va bahorgi suv bilan toʻldiradilar. Qariyalar aytishlaricha, bu insonlardan turli xil kasalliklar va omadsizliklarni haydaydi.

Koʻpgina qishloq va qabilalarda yilning soʻnggi chorshanbasi va Navroʻz arafasida uy bekalari va qizlar uylari yaqindagi chashma, buloq yoki quduqdan suv keltirishadi.

Bayramning birinchi soatlari oila-oila boʻlib keksalarni, qoʻshnilarni, yordamga muhtoj oilalarni va nogironlarni yoʻqlash bilan boshlanadi. Mehmondorchilik chogʻida odamlar bir- biriga sovgʻalar ulashadi, ayniqsa, yosh bolalar va kelin-kuyovlar- ga sovgʻa ulashish odat boʻlgan. Bayram oʻyin va tomoshalar bilan davom etadi, Eronda mahalliy kurash, poyga, „Bandbozi“ (dorda yurish), Afgʻoniston va Oʻrta Osiyo mamlakatlarida chavandoz buzoq boshini eslatadigan buyumni tutishga harakat qiladigan „Buz kashi“ oʻyini keng tarqalgan va bu oʻyinlar bir necha kun davom etadi. Qirgʻiziston Respublikasida oʻtkaziladigan oʻyinlar haqida alohida toʻxtalish kerak: Ot Charbish (poyga), Qiz Kumay (otda qiz ortidan quvish), Kok Noru yoki Uloq Tortish (echki tutish), Enish (ot ustida kurash), Kurash (anʼanaviy kurash) va Jambu Atuu (otda kumush boʻlakka oʻq otish) va oʻsmirlar va bolalar uchun oʻtkaziladigan maxsus oʻyin „Ak Cholmok“. Oʻtganlar haqiga noz-neʼmatlar keltirib, ularning qabrlarida sham qoʻyishadi. Ozarbayjonda Navroʻz nishonlashning ikkinchi kuni erkaklar oʻtganlarning haqiga duo oʻqiydi va bu „Otalar kuni“ deb nomlanadi. Qozogʻistonda bayram arafasida odamlar eshik oldiga ikkita yoqilgan sham olib keladi.

Ikkita asosiy va muqaddas taom mavjud boʻlib, birinchisi Navroʻzda yoki uning arafasida tushlik, ikkinchisi Navroʻzda peshin taomi. Taom qaynatilgan guruch va sabzavot, tovuq goʻshti, bugʻdoy ugrasi va baliq kabi masalliqlardan iborat boʻlib, ular odamlar yashayotgan hududga qarab qoʻshiladi.

Qirgʻizistonda bayram tushligidan soʻng odamlar koʻchaga saylga chiqib bayramni nishonlaydilar. Kichik shahar va qishloqlarda qurbonlikka keltirilgan buqadan Nooruz Kedji yoki Chon Kedji (shoʻrva) tayyorlash uchun maxsus joylar tanlanadi. Bu qadimiy taom goʻsht, yogʻ, guruch, noʻxot, arpa, bugʻdoy, joʻxori, soʻli uni, tariq, kartoshka va ziravorlardan tayyorlanadi.

Shuni taʼkidlash joizki, Qirgʻiziston Respublikasida yarim muqaddas taomlar oilaviy bayram tushliklarida tortilib, jamoaviy marosimlarda tortilmaydi.

Bayramning eng muhim nishonalaridan biri bu dasturxon boʻlib, unga ramziy buyumlarga mos taomlar qoʻyiladi. Buyumlar tozalik, nur, tinchlik va boylikni anglatadi. „Sofrex“ yoki Eronda „Sofrex-ye haft Sin“ deb nomlanadigan stol, poklik belgisi suv, yorugʻlik belgisi sifatida sham yoki fonus, oʻsimliklar belgisi sifatida „Sabzex“ yoki „koʻkatlardan tayyorlangan taom“, Eronda „Samanu“, Qirgʻizistonda va Oʻzbekistonda „Sumalak“, Turkmanistonda „Samani“, Tojikistonda „Somoluk“lardan tuziladi.

Qirgʻiziston Respublikasida Navroʻz bayramini nishonlashning asosiy anʼanalaridan biri bu uylarini, odamlarni va mol-mulkini tozalash uchun uylarga qora archa hidini taratish (Alastau) yoki „Adirashman“ (ignabargli daraxt bilan), Eronda esa yovvoyi ruta bilan taratish odat boʻlgan.

Bayramning asosiy elementlari musiqa, raqs, ogʻzaki nutq hamda adabiyot, hunarmandchilik va rassomchilik (asosan miniatyura sanʼati)dan tashkil topadi. Turli xil hunarmandlar oʻz qoʻllari bilan bezaklar, bolalar uchun oʻyinchoqlar yasab berishadi. Bu oʻyinchoqlardagi bezaklar, sheʼriyatdagi asosiy mazmun, musiqa va raqslardagi badiiy maʼno, rasmlardagi asosiy mazmun Navroʻz bayramida bahorni kelishi va tabiatning yangilanishini aks ettirgan. Misol uchun, Qirgʻiziston Respublikasida Akayn — koʻcha sanʼatkorlarining chiqishlarida Yangi yilni olqishlash maʼnosi koʻtarilgan. Bundan tashqari akaynlar afsonaviy voqealarni koʻrsatib namoyishlar qoʻyishgan. Shuningdek, Oʻzbekstonda ham Navroʻzni sharaflash qoʻshiqlari fol’klor sanʼatkorlar baxshi, shoir va dostonchilar repertuaridan ham joy olgan. Navroʻzga bagʻishlangan ayrim epik afsonalar bizlarning kungacha saqlanib qolgan (Xorazm, Surxondarѐ, Qashqadarѐ, Samarqand). Anʼanaviy musiqaning rivojlanishiga diniy marosim ohangi ham oʻziga xos hissa qoʻshgan, bular Buxoroning „Shashmaqom“, „Xorazm maqomlari“ va „Fargʻona — Toshkent maqomlari“ kabi cholgʻu va yakkaxon maqom siklini yaratishga asos boʻlga

Assalom bahor O’lkamizga fasllar kelinchagi bahor nafasi kirib  keldi. Barcha insonlarni qalbini hursandchilik bilan to’ldirdi.  Bahor faslida hamma insonlar shodu  xurram  bo’lib tabiyat go’zligida bahra olishadi. Bahorda daraxtlar kurtak ochib gulaydi. Bahor fasilarning ichida yangilanish yangi davrning boshlanishi tabiatning yana bir yangi sahifa ochilishi bilan ajralib turadi. Bahor fasli insonlarni ezgu ishlar qilishlikga mehr muhabbat ulashishlikga oshno etadi. Bahor fasli kirishi bilan qiru adir ko’mko’k tusga kiradi. Hamma joyda gullarni hidi tutib ketadi. Bobodehqonlar ham bog’ yaratishga kirishadilar. Men bahorni qushlarning sayrashidan, hid taratib turgan gullarga kapalaklaru asalarilar qo’nishidan, bahor havosi ufurishidan tassavur qilaman. Yana quyoshning nuri muzni ertishidan, adirlarning lolalar ochilishidan tassavur qilaman.